Britaniyaning Fallen Furniture firmasi dizaynerlari Boeing 737 samolyotining dvigatelidan tayyorlangan örindiqni namoyiş etişdi. Luxurylaunches xabar berişiça, u xrom bilan qoplangan alyuminiy va yumşoq qora çarm bilan jihozlangan.
Örindiq hozirça sotuvga qöyilmagan, naşr uning narxi haqida ham aniq ma'lumot bermagan. Kursiga faqatgina kompaniyaning saytida ariza qoldirgan holda buyurtma beriş mumkin.
2015 yilning dekabr oyida Rolls-Royce avtomobilining dvigateli yordamida harakatlanuvçi qahvaxona stolçasi sotuvga qöyilgan edi. Elektr energiyasi birligidagi boltlar kesib taşlangan bölib, qurilmaning özi esa moy qoldiqlaridan tozalangan va sayqallaştirilgan. Unda RR emblemasi va oq LED-yoritgiçlari bor. Stol usti şişadan yasalgan. Narxi — 1,500 ming dollar atrofida baholangan.
Avtomobil qismlari, şuningdek, kiyim-keçakning bir bölagiga ham aylanişi mumkin. Bunga gollandiyalik dizayner Anuk Vipprext (Anouk Wipprecht)ning liboslar töplamini misol qilişimiz mumkin. U liboslarga Audi A4 sedanining qismlari – parkovka uçun möljallangan datçik va vspişkalardan bezak bergan.







