Bugun, 26 aprel kuni Gulruhbegim Tohirjonova Tashkent Open xalqaro turnirining sönggi turida musobaqaning ikkinçi tartib raqamli iştirokçisi armanistonlik Tigran Petrosyanni mağlubiyatga uçratdi. Bu haqda olamsport.com xabar bergan.

Şu tariqa, şaxmat böyiça Özbekiston ayollar terma jamoasi a'zosi Gulruhbegim Tohirjonova grossmeysterlik talabini bajargan.

Endilikda Özbekistonda ayol grossmeysterlar soni ikki nafarga yetdi. Özbekistonning birinçi ayol grossmeysteri sifatida Gulruhbegim Tohirjonovaning opasi Nafisa Möminova qayd etilgan.