AQŞ prezidenti Donald Tramp Fransiya rahbari Emmanyuel Makronni immigratsiya siyosati tufayli Fransiya «yöq bölib ketişi» haqida ogohlantirganini aytdi.
«Men Makronga prezidentlik lavozimiga birinçi marta kelganimda aytgandim - u bilan erta uçraşgandim - unga „Siz Fransiyani yöq qilyapsiz. Siz mamlakatingizdan nafratlanadigan odamlarning kelişiga ruxsat beryapsiz“, degandim. Bu muammo tobora kuçaymoqda, hozir ham avj olmoqda», - dedi AQŞ prezidenti.
Trampning qöşimça qilişiça, migrantlar muammosiga nafaqat Fransiya, balki Yevropaning boşqa mamlakatlari ham duç kelgan.
«Ispaniyaga qarang, bir oy oldin yuz minglab odamlar Ispaniyaga yopirilib kirdi. Men „Oh, bu muammoga aylanadi“, dedim», - deb taʼkidladi u.
Iyul oxirlarida minglab noqonuniy migrantlar dengiz orqali Yevropa hududiga ötiş uçun Ispaniyaning Seuta anklav şahriga kirgandi.
«Muammo keltirib çiqarayotgan odamlar Ispaniyadan ham, Fransiyadan ham, Italiyadan ham nafratlanişadi, ular bu mamlakatlardan emas. Ular bu xalqlarning sanʼatidan, binolaridan, Fransiya bilan boğliq barça narsadan nafratlanadi, bu xalqdan nafratlanadi. Va ularning kelişiga ruxsat berişdi», - deya xulosa qildi Tramp.
Yevropada sönggi oylarda ommaviy namoyişlar bölib ötmoqda. Umumiy mehnat konfederatsiyasi (CGT) maʼlumotlariga köra, Fransiyada 17 va 24-oktabr kuni ötkazilgan umummilliy namoyişlarda 800 ming kişi qatnaşgan. Fransiyadan taşqari, namoyişlar tölqini Italiya, Belgiya, Ispaniya va Albaniyani ham qamrab oldi.
Tramp Yevropa mamlakatlarining migratsiya siyosatini muntazam tanqid qilib keladi. Ötgan yili u noqonuniy migratsiyani «dahşatli bosqin» va «Yevropani halok qilayotgan» hodisa deb atagandi.
«Özingizni qölga olganingiz maʼqul, aks holda Yevropangiz qolmaydi», - degandi Tramp.

















