25 aprel kuni Imzo Akfa Toşkentdagi birinçi deraza fabrikasining asosiy şou-rumi tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Yuzlab kişilar katta bayramga guvoh böliş uçun töplandilar. Köplab yölovçilar esa bunday yorqin hodisa yonidan e'tiborsiz ötib keta olişmadi.

Tomoşabinlarning hayajonli şov-şuvi bir soatça davom etdi, nihoyat soat 19:30da sahnada boşlovçi paydo böldi. Işlab çiqariş hajmi va loyihaning öziga xosligi töğrisidagi olovli nutqi tinglovçilar könglidan yaxşi taassurotlar qoldirib, davomli qarsaklar bilan kutib olindi. Avtomatlaştirilgan işlab çiqariş hamda tayyor mahsulotlar sifatining işonçliligi haqidagi ta'sirli videorolikdan söng tomoşabinlarda Özbekistonda zamon talablariga monand, kutilgan fabrika faoliyat boşlaganiga şubha qolmadi.

ImzoAkfa – oyna-derazalar işlab çiqariş texnologiyasiga butkul yangiça yondaşuvdir. Töliq avtomatizatsiya va beqiyos kölami evaziga Imzo fabrikasi haqqoniy ravişda butun MDH böyiça öziga xos birinçi va yagona deraza romlari işlab çiqaruvçi fabrika maqomiga ega böldi.

Barçada xuş kayfiyat uyğotgan svetomusiqali şou va kompaniya taqdimotidan söng ekranda ulkan Imzo yozuvi namoyon böldi va boşlovçi barçani kompaniyaning quvonçi va ğururiga şerik bölişga hamda Imzo Akfa kompaniyasining yangi katta namoyişlar zaliga baho berişga taklif etdi.

Şou-rum eşiklari ortida esa haqiqiy bayramona kayfiyat hukm surmoqda edi. Musiqaçilar guruhi jonli musiqa ijro etarv va ofitsiantlar mehmonlarga içimlik tarqatar ekan, maslahatçilar, yordamçi materiallar va tayyor mahsulotlarning öta keng tanlovini namoyon qilgan holda, mahsulotning afzalliklari xususida sözlab berişdi.

Qatnaşçilar uşbu olamşumul hodisa xususida esdalik uçun öz izlarini qoldiriş imkoniga ega böldi. Şou-rumga kirişda örnatilgan “Öz imzoingni qoldir” sarlavhali bannerda mehmonlar öz tilaklarini yoki şunçaki imzolarini qoldirişdi.

Har bir istak bildirgan odam öz qöllari bilan Imzo eşik va romlarinining samaradorligini sinab kördi. Şuningdek, mahsulotlarning har qanday did egasining talabini qondira oluvçi çiroyli dizayni va ranglaridan bahra oldilar. Hamma Imzo Akfa – yuqori texnologiyali eşik va romlar işlab çiqiş sohasida Özbekistonda uzoq kutilgan muvaffaqiyatli loyiha ekaniga işonç hosil qildi.