ArtyA brendi asosçisi, soatsoz Ivan Arpa MHC (Manufacture Hautes Complications) kompaniyasi bilan hamkorlikda WOOD Son of Sound Tourbillon modelini işlab çiqdi. Model korpusi ArtyA’ning patentlangan brendi Son of Sound tomonidan işlab çiqilgan bölib, gitara şakli körinişiga ega. Soatning siferblatlari tabiiy yoğoçning plastinka bilan aralaşmasi yordamida bezatilgan.

X-obrazli köprikçalar dizayniga ega, ArtyOr orginal qoplamali va qora PVD-qoplamali soat amboyna tabiiy yoğoçi, qizil-qönğirrang kapa va paduk daraxti işlanmalari bilan bezaklangan. Şuningdek, marmar daraxt va lola daraxtidan ham foydalanilgan. Modelning bezak işlari bilan qizil daraxtlar ustasi Basten Şevale şuğullangan. Mexanizmning işlaşini soatning ort tomonida örnatilgan şaffof qoplama orqali kuzatiş mumkin. Model bir dona çiqarilgan bölib, 170 ming şveysariya frankiga baholangan.

Ma'lumot örnida: ArtyA — soat işlab çiqaruvçi kompaniya bölib, 2010 yilda soatsoz usta Ivan Arpa tomonidan asos solingan. Kompaniya Romain Jerome, Volna, Hublot va Baume & Mercier markalari bilan hamkorlik qilgan.