Bugun, Toşkent vaqti bilan soat 23:45da Yevropa Çempionlar ligasi yarim finalidagi dastlabki öyinda «Mançester Siti» öz maydonida «Real»ni qabul qiladi. Mazkur uçraşuvda maydonga tuşadigan futbolçilar nomi ma'lum böldi.
Zinedin Zidan boşlanğiç tarkibga jamoaning asosiy hujumçisi Kriştianu Ronalduni kiritmagan. Uning nomi hatto öyin qaydnomasida ham yöq.
Eslatib ötamiz, portugaliyalik hujumçi Ispaniya çempionatining 34-turida «Vilyarreal»ga qarşi öyinda jarohat olgandi va 23 aprel kuni «Rayo Valekano»ga qarşi bahsni ötkazib yuborgandi.

«Mançester Siti»:
Xart, Sanya, Kompani, Otamendi, Klişi, Fernandino, Fernando, Xesum Navas, Silva, De Bryuyne, Aguero.
«Real»:
Keylor Navas, Karvaxal, Pepe, Ramos, Marselo, Kasemiro, Modriç, Kroos, Beyl, Vaskes, Benzema.






