AQŞ prezidenti Barak Obama öz vazifasiga kirişgan vaqtda, Germaniya unga işonç nazari bilan qaray boşlagan edi. Ammo Amerika yetakçisi nemislar işonçini oqlay olmadi, deb yozadi Der Spiegel gazetasi.
Naşrning fikriça, Obama — amalda biron işni bajara olmaydigan safsataboz xolos. Bild gazetasining yozişiça, Obama nemis kansleri Angela Merkelning qoçqinlarga nisbatan siyosatini olqişlagan, ammo amalga kelganda AQŞning özi atigi 2500 suriyalikka boşpana bergan. Bu yilda bu raqamga 10 ming qöşilişi kutilmoqda. Obama öz siyosiy barqarorligini xavf ostiga qöyib bölsa-da 1 mln. qoçqinga boşpana bergan davlatda şunday balandparvoz gaplarni aytişga jur'at topa oldi.
Der Spiegel naşri, aksinça, maqolasini Obamaning siyosiy ğalabalarini e'tirof etiş bilan boşlagan. Eron yadro dasturi böyiça kelişuvga erişilişi, Iroq va Afğonistondan harbiy qöşinlarning olib çiqilişi, Kuba bilan munosabatlarning tiklanişi. Ammo uning mağlubiyati ham ançagina vaznlidir. Guantanamo qamoqxonasi yopilganiça yöq, uçuvçisiz samolyotlar vositasida berilayotgan zarbalar tinç aholi vakillari hayotiga zomin bölmoqda, AQŞ dunyo nazoratini töliq öz ixtiyoriga olişga urinmoqda. Janob Obama, şuningdek, milliy muammolar, xususan, ijtimoiy tarqoqlik va tengsizlikka barham bermadi, tibbiy suğurta tizimida islohotlarni amalga oşira olmadi.
Obama dunyoni yaxşilay olmadi, deb yozadi gazeta. Agarda ma'naviyat davlat ixtiyoridagi kapital deydigan bölsak, u holda AQŞ kasodga uçragan davlatdir.






