«Odnoklassniki» ijtimoiy tarmoği bir oy içida “OK soobşçeniya” nomli xabarlar almaşiş uçun möljallangan mobil dasturni taqdim etadi, deb tarmoqning matbuot kotibi Anastasiya Jbanova RBK naşriga bergan intervyusida sözlab berdi.

Mobil dastur «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmoği maşhur bölgan Özbekiston, Qirğiziston, Tojikiston, Bolgariya va Turkmaniston kabi mamlakatlarda sinovdan ötkazilmoqda. Rossiya bozorida esa messenjer ikki oydan söng işga tuşiriladi. “Biz boşqa mamlakatlardagi sinovlar tugagandan söng Rossiyada ham messenjerni işga tuşiramiz”, - deb ta'kidladi Jbanova. “Odnoklassniki” vakili loyihaning sarmoyadorlari haqida ma'lumot taqdim etmadi.

WhatsApp, Telegram va Facebook Messenger dasturlarining raqibi butunlay bepul böladi va unda reklamalar mavjud bölmaydi. Rus tilidan taşqari “OK Soobşçeniya” foydalanuvçilari ingliz, özbek va tojik tillarida suhbatlaşiş imkoniyatiga ega bölişadi.

“OK Soobşçeniya” mobil dasturi nafaqat “Odnoklassniki”dagi döstlar bilan, balki smartfondagi telefon kitobiga kiritilgan odamlar bilan ham çatlaşişga imkon beradi. Sinov muddatida dastur faqatgina Android qurilmalarida mavjud va iOS dasturiy ta'minoti uçun esa faqat Özbekistonda testdan ötkazilmoqda. Messenjerda şaxsiy va guruh böyiça çatlar mavjud bölib, foydalanuvçilar fotosuratlar, video-, audio yozuvlar, hamda gif-fayllar yubora oliş imkoniyatiga ega bölişadi.

“OK Soobşçeniya” mobil dasturidagi köpgina funksiyalar internet tarmoğisiz işlaydi: foydalanuvçilar uçun barça yuborilgan xabarlar va mediafayllar oçiq böladi, oflayn rejimida yozilgan xabarlar esa tarmoqqa ulanganda avtomatik tarzda jönatiladi.