Inson iqtidorini yuzaga çiqariş – buyuk marralarni egallaş garovidir.
Özbekiston Milliy universitetida amalga oşirilayotgan yangilaniş dasturida belgilangan asosiy vazifalardan biri – kelajakda butun dunyoni lol qoldirişi lozim bölgan olim va kaşfiyotçilarni talabalik davridan tarbiyalaş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş hisoblanadi.

Şu yil 25 aprel kuni ÖzMUda ötkazilgan yiğilişda yil boşida e'lon qilingan turli tanlovlarga tayyorgarlik köriş holati muhokama qilindi.

ÖzMU Axborot xizmatidan xabar berişlariça, ayni paytda olib borilayotgan tizimli işlar natijasida joriy yilda ötkazilgan xalqaro olimpiadalarda iqtidorli talabalarimiz matematika yönalişida 2 ta oltin, kimyo fani yönalişida 1 ta kumuş va 1 ta bronza medallarini qölga kiritdilar.

Yiğilişda universitet rektori Şuhrat Sirojiddinov yaqinda taşkil etilgan “Yoş daholar maktabi” deya hazilomuz atalayotgan yoş olimlar jamiyatiga 50 dan ziyod iqtidorli talaba jamlanib, ularga fakultetlardagi turli ilmiy laboratoriyalarda ilmiy faoliyat bilan şuğullaniş imkoniyatlari yaratilayotganini, bunday umidli yoşlar safini yanada kengaytiriş zarurligini alohida ta'kidladi. Ularni ilmiy tadqiqot işlariga yönaltiriş uçun e'lon qilingan “Eng yaxşi innovatsion ğoya” tanloviga tayyorgarlik masalasiga e'tibor qaratildi.

Eslatib ötamiz, yil boşida e'lon qilingan uşbu tanlov ğoliblarini quyidagi mukofotlar kutmoqda:

5 ta 1-öringa – 1000000 (bir million) sömdan pul mukofoti va 1-darajali diplom;
10 ta 2-öringa – 500000 (beş yuz ming) sömdan pul mukofoti va 2-darajali diplom;
20 ta 3-öringa – 250000 (ikki yuz ellik ming) sömdan pul mukofoti va 3-darajali diplom.

Şuni alohida ta'kidlaş joizki, ğoliblikni qölga kiritgan eng zör ğoyalar ustida ilmiy tadqiqot olib boriş uçun ÖzMU granti ta'sis etilib, 10 million sömgaça mablağ ajratiladi!

Yiğilişda, şuningdek, ta'lim-tarbiya sifatini yanada oşirişga qaratilgan tanlovlar, xususan, “Eng yaxşi malakaviy bitiruv işi”, “Eng yaxşi magistrlik dissertatsiyasi”, professor-öqituvçilar örtasida “Eng yaxşi ingliz tili öqituvçisi” tanlovlari, Özbekiston Respublikasi Prezidenti va boşqa nomdor stipendiyalar tanloviga talabalarning hozirlik köriş jarayonlari jiddiy tahlil qilindi.