Sankt-Peterburgda gopnikka yodgorlik örnatiş rejalaştirilmoqda. Arb-obekt konsepsiyasi “Sadaqa bering!” va “Qönğiroq qilib olay?” iboralari kiradi. Bu haqda loyiha saytida xabar berildi.

“Sankt-Peterburg Rossiyaning madaniyat poytaxti sifatida konsepsiyani qabul qilişi va gopnikka yodgorlik örnatişi lozim. Skulptura hamon öziga makon izlamoqda”, - deyiladi art-obekt tavsifida.

Taxminlarga köra, yodgorlik çetroq tumanga yoki uning tarixiy-geografik joyida (Ligovskiy prospekti) örnatiladi.

Yangi yodgorlikni sayyohlar köp taşrif buyuruvçi diqqatiga sazovor joyga aylantiriş rejalaştirilmoqda.

Gopniklar – rus tilining jargon sözi. Bu söz şahar aholisining pastki tabaqasi, bilimsiz, tajovuzkor kayfiyatdagi yoşlar (ösmirlar), köpinça betayin oiladan çiqqanlarni ifodalaşda qöllanadi.