«Lester» jamoasi boş murabbiyi Klaudio Raneri öz şogirdlaridan biri, jazoirlik Riyoz Mahrez bilan faxrlanişi haqida aytib ötdi. Bu futbolçi 25 aprel kuni Angliya professional futbolçilar assotsiatsiyasi (PFA) tomonidan APL mavsumining eng yaxşi futbolçisi deb topilgandi.

«Men juda ham faxrlanaman, çunki Riyoz — şunça şuhratga qaramasdan kamsuqumligini saqlab qoldi. U hamişa mendan nima qiliş kerakligini söraşda davom etadi: „Men yanada ösiş uçun yana nima qilişim kerak?“. Bu fantastikaga öxşaydi. Uni daho deyiş mumkin.

Şunday iliq fikrlarni boşqa şogirdlarim haqida ham aytişim mumkin. Ular mavsumni ajoyib ötkazib, özlarining professional futbolçilar ekanliklarini körsatib berişdi», — deya Raneridan iqtibos keltiradi Reuters.

Qayd etiş kerakki, Mahrez APL tarixida mavsumning eng yaxşi futbolçisi sifatida taqdirlangani ilk afrikalik futbolçiga aylandi.