Donald Tramp AQŞ prezidenti lavozimi uçun saylovlarda Respublikaçilar partiyasidan nomzod böliş uçun mavqeini yanada mustahkamlab oldi: u partiya içidagi dastlabki saylovlar ötgan barça 5 ta ştat: Pensilvaniya, Merilend, Konnektikut, Rod-Aylend va Delaverda ğolib böldi.

AVS telekanali ma'lumotlariga köra, respublikaçi milliarderga Pensilvaniyada 69 foiz, Konnektikutda – 59 foiz, Rod-Aylendda – 66 foiz, Delaverda 59 foiz saylovçi ovoz berdi.

"Umid qilamanki, barça ovoz berişga bormoqda, çunki bu öziga xos noyob hodisadir. Bu harakatdir", deb öz yutuğiga izoh berib ötdi Tramp.

Öz navbatida demokratlarda uçta ştat: Merilend, Pensilvaniya va Delaverda Xillari Klinton yetakçilik qilmoqda.

26 aprelda ötgan praymeriz natijalariga köra 18-21 iyulda Klivlendda ötadigan respublikaçilar qurultoyida 172 delegatning ovozi taqsimlanişi kerak. Qurultoyda partiya nomidan kim AQŞ prezidenti lavozimi uçun saylovlarda iştirok etuvçi rasmiy nomzod bölişi haqida qaror qabul qilinadi.