Xitoyning «Guançjou Evergrand» klubi xöjayinlari Angliya premer-ligasi va AQŞ futbol ligasi MLSdan klub sotib oliş variantini körib çiqişmoqda.
As naşri bergan xabarga köra, xitoylik investorlar hozirda mavjud bölgan, öz içiga Mançester, Nyu-York va Melburn klublari kirgan City Football Group birlaşgan kompaniyasi kabi yangi guruh tuzişni maqsad qilgan.
Mazkur loyihaning salohiyatli a'zolari sifatida jamoaning boş homiysi Evergrand va klubda sezilarli ravişda boşqaruv aksiyalariga ega bölgan Alibaba kompaniyalari körilmoqda.
Xitoylik investorlarni ingliz jamoasini sotib oliş orqali premer-liga televizion huquqni sotişdan oladigan katta foydasi orqali yaxşigina pul işlab oliş imkoniyati mavjudligi qiziqtirmoqda.






