Bugun, 27 aprel kunining ikkinçi yarmida kino va teatr aktyori, Özbekiston xalq artisti San'at Devonov 84 yoşida Xorazmda olamdan ötdi. Bu haqda Xorazmdagi "Biz buyuk yurt farzandlarimiz" yoşlar festivalida iştirok etayotgan san'atkorlar ma'lumotiga asoslanib, qalampir.uz xabar bergan.

Özbek teatr va kino san'atida öçmas iz qoldirgan aktyor San'at Devonov 1932 yilning 9 mayida Xorazm viloyati, Honqa tumanida tavallud topgan edi.

U ijodiy faoliyatini Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatridan boşlagan. Keyinçalik aktyor Toşkentga keladi va hozirgi Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutida öqiydi. Söng Özbek davlat drama teatrida, Abdulla Qahhor nomidagi satira teatrida işlaydi.

San'at Devonovga teatr sahnasida yirik qahramonlar obrazini gavdalantiriş nasib etadi. U "Hamlet"da Hamletni, "Navoiy"da Alişer Navoiyni, "Tohir va Zuhra"da Tohir rolini ijro etdi.

San'at Devonov kino olamida ham salmoqli ijod qildi.

Özbek kinotomoşabini uni milliy kinematografiyaning durdona asarlaridan biri "Maftuningman" filmi orqali yaxşi taniydi.

Uning kinodagi ilk roli "Amirlikning intihosi" filmidagi Şerali roli edi (1954).

Marhum aktyorning filmografiyasida 25ta film bor. "Uluğbek yulduzi", "Olovli yöllar", "Alpomiş" şular jumlasidan.

Aktyor San'at Devonovning mehnatlari e'tiborga olinib, Özbekistonda xizmat körsatgan artist hamda Özbekiston xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan.