Mark Tsukerbergga tegişli Facebook kompaniyasi 2016 yil birinçi kvartal uçun foydaning keskin ösganini ma'lum qiluvçi hisobotini e'lon qildi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.
Kompaniyaning sof foydasi 1,51 milliard dollarni taşkil etdi. Bu ötgan yil şu davr körsatkiçlaridan deyarli 2 barobar köp.
Birinçi çorak umumiy daromadi ham analitiklarning prognozlaridan ortiq - bir yarim barobardan köproqqa: 3,54 dan 5,38 milliard dollarga oşdi.
Kompaniyaga asosiy daromadni reklama keltirmoqda, ötgan davr mobaynida asosan ijtimoiy tarmoqlardagi mobil ilova foyda olib keldi. Kelgusida ham, ayniqsa, Instagram tarmoğidagi reklamalar hisobiga ösiş kutilmoqda.
Hisobot çop etilgaç, Facebook aksiyalari 9,5 foizga kötarildi.







