Keniyadagi Masai-Mara qöriqxonasida dovyurak zebra uç timsohdan qutulib çiqqan. Bu haqida Daily Mail xabar berdi.

Voqea Mara daryosi böyida sodir bölgan. Timsohlar zebraga hujum qilgan, biroq u qarşi hujumga taşlangan va suvdan sakrab çiqqan. Suratlarga qaraganda zebraning old oyoği singan, bu uning boşqa yirtqiçlar bilan töqnaşganda omon qoliş imkoniyatlarini kamaytiradi.

Fotosuratlar muallifi – janubiy amerikalik suratkaş Nelis Volmarans. Uning aytişiga qaraganda zebra ayovsiz jang olib borgan va timsohlarni tişlaşga harakat qilgan. Volmoransning ta'kidlaşiça, zebraning omon qolgani möjiza.

“Zebra jarohatlarsiz qutulsa, xursand bölardim, ammo tabiat qonunlari har doim ham istaganimizdek bölavermaydi: oxir-oqibat hayot ğildiragida hamma öz rolini öynaydi”, - dedi surtakaş.