Kostruktorlar işlab çiqaruvçisi Lego 1:8 masştabda Porsche 911 GT3 RS treklar uçun möljallangan superkar modelini namoyiş etdi. Modelning öziga xosligi şundaki, u ikki tirkama (stsepleniye)li robotlaştirilgan PDK qutisiga öxşatilgan töliq funksionallaştirilgan mexanizmga ega.

Porsche 911 GT3 RS kupesi tört litr hajmli 500 kuçli quvvatga ega motor bilan boyitilgan.

Maşinada oldinga va orqaga yuriş – “Drive” va “Reverse” rejimlari bor. Lego işlab çiqqan Porsche 911 GT3 RS rul boşqaruvi, tormoz boşqaruvi hamda olti silindrli motorning harakatlanuvçi porşenlariga ega.

Bundan taşqari, yangi öyinçoq-maşina haqiqiy old panel, rul çambaragi va boşqa qurilmalar bilan ta'minlangan. Har bir maşinaga alohida seriya raqami beriladi.

Lego Technic Porsche 911 GT3 RS jamlanmasi 2704 tarkibiy qismdan iborat. Konstruktor bilan birga kollektsion albom ham taqdim etiladi. Unda öyinçoq modelni yiğiş böyiça batafsil körsatmalar va haqiqiy yöl avtomobili töğrisida töliq ma'lumot berilgan.

Konstruktorlar savdosi Germaniya va Avstraliya Lego dökonlarida 1 iyundan, boşqa davlatlarda 1 avgustdan boşlanadi. Töplam bahosi 299,99 yevro.