Özbekistonda xizmat körsatgan artist, xonanda Sevara Nazarxon ikkinçi farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda uning Facebook’dagi sahifasiga joylaştirgan fotosuratlarda ma'lum qilindi.

Avvaliga Sevara Nazarxon heç bir izohsiz, qora libosdagi suratini Facebook’da e'lon qilgan bölib, unda xonandaning homilador ekanini biliş mumkin.

Şundan 1 soat ötganidan keyin esa sahifada yana bir surat joylaştirilgan.

Bu suratda çaqaloqning oyoq izlari tuşirilgan. Surat ostida fikrlar bildirgan muxlislar xonandani yana bir bor ona bölganlik bilan tabriklay boşlaşgan va çaqaloqqa soğliq hamda uzoq umr tilab, önlab fikrlar qoldirilgan.

Köp ötmasdan çaqaloqqa qöyilgan ism ham ma'lum böldi. Şuningdek, tuğruq paytida xonanda Papua — Yangi Gvineyada bölganini biliş mumkin.

"Bu qiz bola, ismi Iman Anvar!" (It's a girl - Iman Anwar!), deb yoziladi sahifada.

Sevara Nazarxon 2007 yilda Bahrom Pirimqulov bilan turmuş qurgan. U özining umr yöldoşi kim va qanday kasbdaligi haqidagi savollarga aniq javob qaytarmaydi. U bir safar turmuş örtoğini oşpaz sifatida, boşqa safar haydovçi yoki dizayner deya taniştiradi.

Uşbu juftlik ayni vaqtda Özbekistonda yaşaydi. Ularning Dengiz ismli bir farzandi bor.