27 aprel kuni özbek tilşunosligi sohasidagi yirik olim, atoqli turkolog, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Ğani Abdurahmonov 91 yoşida vafot etdi. Bu haqda ÖzA saytida xabar berilgan.
Ğ. Abdurahmonov 1925 yilda Farğona şahrida tuğildi. 1946 yili Farğona davlat pedagogika institutini tugatganidan söng şu dargohda ilmiy-pedagogik faoliyatini boşladi. 1950 yilda nomzodlik, 1962 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1968 yilda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a'zosi etib saylandi.
Ğ. Abdurahmonov Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan fan arbobi faxriy unvoni va «Şuhrat» medali bilan mukofotlangan.
Islom Karimov, N.Yöldoşev, N.Ismoilov, Ş.Mirziyoyev va Ş.Solihov marhumning vafoti bilan ta'ziya bildirişgan.






