Ukraina Oliy radasidagi «Batkivşina» fraksiyasi yetakçisi Yuliya Timoşenko vazirlar mahkamasining tabiiy gaz uçun yagona narx belgilaş töğrisidagi qaroridan noroziligini bildirgan. U «112 Ukraina» telekanalida yangi boş vazir xususidagi fikrlari bilan ham örtoqlaşgan.
«Hukumatning bugungi yiğilişida yangi boş vazir Groysman aholi uçun gaz narxini keskin oşirdi. Bunda aholi foydalanadigan, gaz quyiş şoxobçalari, şuningdek, uylarni isitiş uçun kommunal xöjaliklari xarid qiladigan gaz narxi oşirildi. Vazirlar mahkamasining bugungi yiğilişida yuz bergan oddiy fuqarolarga nisbatan bunday surbetlikka hatto Arseniy Yatsenyuk ham yöl qöymagan edi», — deb qayd etgan Timoşenko.
Uning qöşimça qilişiça, Groysman insonlarni qöpol ravişda aldagan.
Ukraina vazirlar mahkamasi, Xalqaro valyuta jamğarmasining navbatdagi kredit portfeli şartlaridan biri bölgan talabni bajarib, aholi uçun gaz narxini keskin oşirgan edi.






