American Idol hamda So You Think You Can Dance telekörsatuvlari asosçisi Core Media Group kompaniyasi bankrotga uçraganini e'lon qildi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Kaliforniyadagi kompaniya öz qarzini 512 mln dollarga, aktivlarini 73 mln dollarga baholagan.

Telekörsatuvlar reytingining tuşib ketişi va Coca-Cola va AT&T kabi yirik homiylarning hamkorlikni töxtatişi bankrotlikka sabab böldi. Şuningdek, Walt Disney World köngiloçar boğidagi American Idol attraksionlari ham yopildi.

2014 yili American Idol keltiradigan foyda bir yil avvalgidan köra 15 million dollarga kamaydi. 2015 yilning birinçi yarim yilligida esa bu körsatkiç yana 35,6 million dollarga tuşib ketdi.

Kompaniyaning sobiq ijroçi direktori Saymon Fuller hujjatlarda eng kam ta'minlangan kreditor sifatida körsatilgan. Uning qarzi 3,3 million dollar.

American Idol şousi 14 yil davomida efirga uzatildi va bir oy avval yopildi.