Suriya prezidenti Başar Asad Damaşqda AQŞ senatori Riçard Blek bilan uçraşuv ötkazdi, deb xabar bermoqda SANA axborot agentligi.
Ta'kidlanişiça, uçraşuv davomida Suriyadagi vaziyat, terrorçilikka qarşi kuraş muhokama qilingan.
Asad uçraşuvda dunyoning turli burçaklarida terrorçilarning harakat qilişi terrorçilikning çegaralari yöqligini isbotlaşini ta'kidlab ötdi. U nafaqat terrorçilikka qarşi harbiy usullar bilan kuraşda, balki terrorçilikni "suğoradigan" vahobiylik ğoyasi bilan ham kuraşda xalqaro hamkorlik zarurligini tuşuntirdi.
Blek AQŞ ma'muriyati a'zolari tomonidan qöllanadigan aldovga qaramasdan, AQŞ xalqiga Suriyada yuz berayotgan asl vaziyatni körsatiş kerakligini ta'kidlab ötdi.
Senator Suriyadan iqtisodiy sanksiyalarni oliş kerakligini, çunki ular xalqaro huquqni buzişini aytdi.
Avvalroq Suriya taşqi işlar vazirligi mamlakatga 150 amerikalik harbiy kelgani haqidagi xabarlar sababli xavotir bildirdi.






