Facebook ijtimoiy tarmoği rahbari Mark Tsukerberg NASDAQ elektron birjasida savdo oçilgandan keyin ikki soat içida özining boyligini 4,3 mlrd dollarga oşirib oldi. Bu haqda Forbes naşri xabar bermoqda.

Ayni vaqtda Tsukerberg dunyoning eng badavlat odamlari röyxatida 6-örinni egallamoqda. Uning boyligi 51,8 mlrd dollarga baholanmoqda.

Facebook aksiyalari kompaniya 1-çorak böyiça natijalarni e'lon qilgandan keyin 10 foizga oşib ketdi. Kompaniya daromadlari tahlilçilar kutgandan ziyodroq böldi. Kompaniyaning sof daromadi bir yil davomida uç barobarga, ya'ni 1,5 mlrd dollargaça, tuşumi esa 5,2 mlrd dollargaça oşgan.

Bundan taşqari, ijtimoiy tarmoq özining faol foydalanuvçilari sonini 15 foizga oşirib, ular sonini 1,65 mlrd kişiga yetkazişga muvaffaq böldi.