Ispaniyaning Tomares şahrida (Andalusiya avtonom viloyati) 600 kg ga yaqin 6-asr bronza tangalari topildi. Bu haqda El País gazetasi xabar berdi.

Gazeta ma'lumotlariga köra, ekskavatorçi 27 aprelda şahar xiyobonlaridan biridagi quriliş işlari vaqtida tangalar bilan töldirilgan 19 ta qadimiy rim közasini aniqlagan. Ispan arxeologlari uşbu topilmani noyob deb ataşdi.

Ta'kidlanişiça, tangalarning old tomonida rim imperatorlari Diokletian (245-313 yy.), Maksimian (250-310 yy.) va Buyuk Konstantin I (272-337 yy.) qiyofalari bosilgan. Bundan taşqari, aniqlangan közalardan 10 tasi beşikast saqlangan.

Taxminlarça, bu tangalar ataylab yer ostiga kömilgan. Ayni vaqtda xazina Sevilya arxeologik muzeyiga topşirildi. Taxminlardan biriga köra, bu tangalar imperatorga soliq sifatida berilişi kerak bölgan.