Lozanna Federal politexnika maktabi biologlari şikastlangan töqimalarni yangilaydigan, biroq vaqt ötgan sayin öz ta'sir kuçi susayib ketuvçi ildiz hujayralarini yoşartiriş uçun vitaminidan foydalanişdi.

Töqimalar funksiyasini qayta tiklaşda mitoxondriyalar asosiy omil bölib xizmat qildi. Tadqiqot natijalari Science jurnalida çop etilgan. U haqda qisqaça EurekAlert! saytida ma'lumot berildi.

Ma'lumki, suv emizuvçilarning ba'zi töqima va organlari vaqt ötişi bilan qayta tiklaniş xususiyatini yöqota boradi. Jarohatlardan keyin uzoq vaqt qayta tiklaniş qarilikning yaqqol belgilaridan biridir.

Samarali qayta tiklaniş darajasining pasayib borişiga sabab, avvalgi tadqiqotlar körsatganidek, mitoxondriyalar – töqimalarning hayotiy faoliyati uçun zarur bölgan energiya işlab çiqariş markazlari bilan boğliq. Mitoxondriyalar yaxşi işlamasa, ildiz töqimalar ham qayta tiklaniş jarayonini sust amalga oşiradi.

Olimlar nikotinamid ribozid – tuzilişi böyiça V3 vitamiga öxşaş va NAD+ kofermentining “ötmişdoşi” bölmiş vosita yordamida 2 yaşar siçqon ildiz töqimalarida mitoxondriyalar faoliyatini qayta tiklaşga muvaffaq böldi. Bu vosita mitoxondriyalardagi metobllik zanjirlarga elektronlar taşuvçi hisoblanadi. Uning samarasi evaziga organellalar ATF körinişida energiya işlab çiqaradi. Natijada siçqonlarda muşak töqimasi regeneratsiyasi kuçaydi va ular ribozid qabul qilmagan kemiruvçilarga nisbatan uzoqroq yaşadi.

Tadqiqot davomida boş miyasi va terida ham şunday samarali natija kuzatildi. Nikotinamid ribozid qabul qilinişi oqibatida, hatto köp miqdorda qabul qilinganda ham, heç qanday salbiy ta'sir sezilmadi. Biroq olimlar patogen hujayralar faollaşuvi xavfi mavjudligini qayd etişdi. Bu esa xavfli ösimtalarning şakllanişiga olib kelişi mumkin.