Tahlilçilarning fikriça, 2050 yilga borib yer yuzi aholisining 70 foizi şaharlarda istiqomat qiladi. Bu, öz navbatida, megapolislarda bir qator muammolarni yaratadi. Ya'ni aholi ziç yaşay boşlaydi, köçalarda yuriş murakkablaşadi, resurslardan samarali foydalanişning imkoni bölmaydi. Şu sababli ham bir qator mamlakatlarda zamonaviy şahar infratuzilmalarini yaratiş loyihalari ustida iş olib borilmoqda. Sönggi vaqtlarda tilimizga «Aqlli şahar» atamasi kirib keldi. 20 asrda paydo bölgan bu ibora 21 asrda hayotga keng tatbiq etilmoqda. Yer yuzida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta'minlagan şaharlar paydo bölmoqda. Bu loyiha Smart City (Aqlli şahar) deb nomlanmoqda. Ayni damda aqlli şaharlar soni 400dan oşib ketdi.

Smart Cities — bu şaharsozlikning yangi körinişidir. Aqlli şahar ma'nosini beruvçi Smart Cities kelajakda ekologik toza va iqtisodiy taraqqiy etgan, şu bilan birga, aholi bandligi ta'minlangan makonni anglatadi.
Smart Cities nima uçun kerak? Bu savolga urbanizatsiya, iqtisodiy taraqqiyot va ekologik taxdidlar omil bölgani bilan javob qaytariş mumkin. Şahar aholisining köpayib borayotgani şaharlarda ekologik toza texnologiyalardan oqilona foydalanişni taqozo qilmoqda. Ma'lumki, mamlakatlar yalpi içki maxsulotining katta qismi şaharlar hissasiga töğri keladi. 2025 yilga borib jahondagi 600 ta yirik şahar jahon yalpi içki mahsulotining 60 foizini beradi. Şu şaharlarning 30tasi esa 2010 yildan 2020 yilgaça yalpi işlab çiqarişni 20 foizga oşiradi. Urbanizatsiya jarayonlarining ortib borayotgani esa şahar eklogiyasiga bosim ötkazmoqda. Havoga çiqarilayotgan uglekisli gazlarning 70 foizi şahar xissasiga töğri kelişi aytiladi. Bu jahonda işlab çiqariladigan energiyaning 80 foizi şaharlarda iste'mol qilinişini anglatadi.

Tahlilçilarning fikriça, “Aqlli şahar”da oqilona boşqaruv va oqilona xayot ta'minlanişi kerak. Ya'ni iqtisod ham, aholining safarbarligi ham, turmuş tarzi xam aqlli bölişi kerak. Bu kabi talablar hozirça ozgina şaharlarga joriy etilmoqda.
Aqlli şahar deganda köpçilikning xayoliga birinçi galda Yevropa va Şimoliy Amerika kelişi aniq. Haqiqatan ham hozirça şunday. Aqlli şaharlar röyxatiga Vena, Barselona, Amsterdam, Nyu-York kiritilgan. Osiyo mamlakatlari ham çetda turgani yöq. Birlaşgan Arab Amirliklaridagi Dubay, Xitoyning Şanxay va Gonkong, Janubiy Koreyaning Seul, Singapur poytaxti, Avstraliyaning Ballarat şaharlarini ham «Aqlli şahar»lar röyxatiga kiritiş mumkin. Aqlli şaharlar röyxatini tuzişda yagona talab yöq. Har bir şahar öziça aqlli şahar sifatida köriladi.






