UYeFA «Liverpul»ning doping-testdan öta olmagan fransiyalik himoyaçisi Mamadu Sakoni 30 kunga diskvalifikatsiya qildi.
U «Mançester Yunayted»ga qarşi (1:1) Yevropa Ligasi nimçorak final javob öyinidan söng doping bilan qölga tuşgandi. Sako badandagi yoğlarni eritadigan moddalar qabul qilganligi taxmin qilinmoqda.
26 yoşli futbolçi ikkinçi doping-test natijalarini e'lon qilinişidan boş tortdi va dastlabki doping-test natijalariga e'tiroz bildirmadi.
Tekşiruvlar davom etmoqda, hozirça futbolçi 30 kun davomida öyinlarda maydonga tuşa olmaydi. Bu boradagi yakuniy hukm keyinroq eşittiriladi.
Qayd etiş joiz, Mamadu Sako «Nyukasl»ga qarşi Angliya çempionati 35-turida jamoaning qaydnomasiga kiritilmadi. Fransiyalik himoyaçisiz ötgan öyinda «Liverpul» öz maydonida «Nyukasl» bilan 2:2 hisobida durang öynadi.
Agar futbolçining aybi isbotlansa u terma jamoasi safida Yevropa çempionatida ham iştirok eta olmasligi mumkin.






