Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitet öqituvçisi Gulbahor Iskandarova hamda Jongyang Mintsu universiteti öqituvçisi Gulibonum Keybatuli özbek tilini örganiş istagidagi xitoyliklar uçun darslik işlab çiqişdi.
Jongyang Mizu naşriyotida çop etilgan darslik ikki til vakili bilan hamkorlikda yaratilgani uçun sodda, tuşunarli va örganiş uçun qulay dasturga ega böldi.
Kitobning öziga xos jihati şundaki, qöllanmadan özbek tilidan umuman bexabar bölgan xitoylik ham foydalanib, özbek tilini örganişni boşlaşi mumkin. Kelgusida darslikning davom ettiruvçilar uçun möljallangan qismi ham çop etilişi rejalaştirilgan.
Jonkuyar pedagoglarning köp yillik izlanişlari natijasi bölgan uşbu darslik özbek-xitoy madaniyat almaşinuvi örtasida qöyilgan katta qadamdir.
Qöllanma may oyida sotuvga çiqadi.









