TseRNda (CERN – Yevropa yadroviy tadqiqotlar markazi) Katta adron kollayderda xoryok transformatorlardan birini işdan çiqargandan keyin nosozliklar paydo böldi. Bu haqda markazning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Saytdagi ma'lumotlarga köra, yirtqiç hayvon 66 kilovattli elektr transformator simini tişlab taşlagandan keyin kollayder energiya uzilişi oqibatida töxtagan. Oqibatda xoryokning özi katta quvvat oqibatida kuyib nobud bölgan, markazda esa elektr toki öçib qolgan.
"Men keçasi bizda elektr bilan muammolar bölganini tasdiqlay olaman. Biz bunga xoryok sabab bölgan, deb gumon qilmoqdamiz", deb aytdi markaz matbuot kotibi Arno Marsole.
Uning aytişiça, kollayderni işga qaytariş uçun bir neça kun kerak böladi, biroq qurilma soz holatda va uni ta'mirlaşda heç qanday muammo çiqmasligi kerak.







