Pekin avtosaloni – alohida bir olam. Körgazmada iştirok etgan kişi ajabtovur maşinalar bilan bir qatorda ğalati nusxalarni uçratişi mumkin.

Öziga xos avtomobillar körgazmada oz emas. Biroq maşhur rusumlarga öxşatib işlangan maşinalarning oldidan odam uzilmaydi. Xitoyliklarning odati şunday: muayyan körinişga ega avtomobil odamlarga yoqdimi, unda şuni ularga taqdim etiş kerak.


BJ markasi, aytib ötganimizday, Mercedes-Benz G-sinf va Amerikaning Jeep avtomobilidan köçirilgan rusumdir. Töğri, xromlangan oyna singari mayda-çuyda elementlar qöşilgan. Hawtai krossoveri esa bir neça yil avval çiqarilgan Hyundai Santa-Fening takrori demasak, Janubiy Koreyaliklar ranjiydi.


Bu esa Ranz RF-EA1 rusumi. Improvizatsiya ataşingiz mumkin.


Xitoyning ayrim avtomobilsozlik kompaniyalari asl nusxani sezilmay qolgunça özgartirişni ma'qul körişadi. Bunga Ikkinçi jahon uruşi yillari maşinasi G-Pattonni misol keltiramiz. Vahimali qiyofasiga qaramasdan zirhi yöq.


Bu esa OED Powertrain kompaniyasi logotipidir. Taniş-a?

Osmonosti mamlakatining Hongqi markasi davlat rahbariyati uçun avtomobil işlab çiqaradi. Hongqi “qizil bayroq” ma'nosini bildiradi. Oliy rutbali amaldorlar yuradigan Hongqi markasining uç rusumi körgazmada namoyiş etildi: L5, L7 va L9.


Hongqi retro uslubni eslatsa, Roewe Vision-R kelajakni yodga soladi. Xitoy sportkari dizayni, umuman olganda, yomon emas. Uning asosida Buick LaCrosse platformasi yotibdi.