1. Dard, insonga yöl körsatur.

2. Iymon namozdan yaxşiroqdir. Çunki namoz beş mahal farz, iymon esa har doim.

3. Köçaning daydi itiga xoh oltindan, xoh yungdan tasma taq, baribir köça itiligiça qolaveradi.

4. Kufr bilan iymon, tuxumning oqi bilan sariğiga öxşaydi.

5. Don yerga kömiladi, uning yerga kömilişi boğu-roğning kökarişiga sabab böladi.

6. Aqling tuyaçiga öxşaydi. Sen tuyasan. Aqling seni rom qiladi, istar-istamas xohlagan joyiga tortib olib boradi.

7. Aqllidan kelgan jafo nodondan kelgan vafodan yaxşidir.

Test

9. Alloh sening yuzingni xunuk qilib yaratgan bölsa, özinga kel, ham yuzi xunuk, ham odobi xunuk bölib ötma.

10. Şaxmatda piyoda yölga çiqib, oxirida vazir böladi.

11. Quyoşning nuri axlatga tuşsa ham aynimaydi, çunki u nurdir.

12. Sabr – insonni maqsadiga eng tez olib boradigan yöl körsatuvçidir.

13. Hirs iflosliklarni ham çiroyli qilib körsatadi.

14. Temirçilikni bilmasang, temirçi öçoğidan ötayotganingda soqolingni ham soçingni ham yoqasan.


16. Yaxşilik va osoyiştalikda barça senga döst-birodar bölar. Dard va ğamda, Allohdan boşqa kim yaqining bölar?

17. Yaxşi dösti borning oynaga ehtiyoji yöqdir.

18. “Sörasak ham bermadi”, dema. Söraşni bilmading, heç bölmasa yolğon gapirma.

19. Insonni otaş emas, öz ğaflati yoqar. Barçadagi kamçilikni körar-u, ammo öziga kördek boqar. Nimaga qanday boqsang, u ham senga şunday boqar.

20. Inson kulişi ila tarbiyasini, kulgan narsasi ila saviyasini körsatadi.