Özbekiston yaqin yillarda olma eksportini fermerlarning olma yetiştirişdagi intensiv bilimlarini oşirişga yönaltirilgan dasturga muvofiq ikki barobar oşirmoqçi. Bu haqida Sputnik naşri ma'lum qildi.

Mamlakat Savdo-sanoat palatasi va "Özbekistonning biznes-forumi (faza-III)" BMT taraqqiyot dasturining hamkorlik loyihasi doirasida zamonaviy intensiv olma boğlarini mahalliy iqlim şaroitlarida yetiştiriş böyiça amaliy qöllanma işlab çiqildi.

Özbekistonda 261,8 ming gektar yer boğ maydonlaridan iborat. Ularning 44 foizini olmalar egallaydi. Olmaning keng tarqalişi uning turli tuproq-iqlim şaroitlariga yuqori moslaşuvçanligi, daraxtlarning çidamliligi, serhosilligi, şuningdek mevaning foydali xususiyatlari va tovar mahsuloti sifatida yuqori tijoriy qadr-qimmatga ega ekanligi bilan izohlanadi.

Bugungi kunga kelib mamlakat qişloq xöjaligida hosil olişning intensiv usullarini yölga qöyiş böyiça faol iş olib borilmoqda, bu qisqa muddatda hosildorlikni 2-3 barobar oşiriş imkonini beradi. Masalan, oddiy mevali daraxtlarning köçatini ötkazib, birinçi hosilini olguniça 4-5 yilça vaqt ötadi, intensiv boğdorçilikda esa daraxtlar 2-3 yilda meva beradi.

Yetarli bilimga ega bölmagan fermerlar kam hosil oladilar, bu esa öz örnida eksport uçun raqobatbardoş mahsulot yetkazib beriş imkoniyatini pasaytiradi. Şuning uçun yangi qöllanma boğbon va fermerlarga olma yetiştiriş böyiça zarur malaka va texnologiyalarni egallaşda yordam beradi.

Qöllanmaga qöşimça ravişda "çöntak kartoçkalari" işlab çiqilgan bölib, bunday kartoçkalar olmalarning navi, kasalliklari va zararkunandalari hamda ular bilan kuraşiş çoralaridan voqif etadi.

Qöllanma va "çöntak kartoçkalari" maqsadli auditoriyalarda bepul tarqatiladi. Bundan taşqari fermerlar uçun dastur doirasida olma yetiştiriş masalalariga bağişlangan amaliy treninglar ötkaziladi. Ularda respublikaning 6ta hududidan fermer xöjaligining jami 400 nafar vakili qatnaşadi.

Boğdorçilik sohasidagi bunday yangiliklar yurtimizda yangi iş örinlarining yaratilişiga hamda Özbekiston agrar sektorining jahon bozorida raqobatbardoşligini oşirişga imkon yaratadi.