2 maydan boşlab Buyuk Britaniyada yangi qonunga köra barça turdagi sigaretlar bir xil körinişdagi qutilarda sotiladi. Biroq tamaki işlab çiqaruvçi kompaniyalar bu qonunga amal qilişga şoşilmayaptilar. Ular London Oliy sudiga uşbu qonun yuzasidan şikoyat arizasi topşirdilar. Ularning aytişiça, bu talab ham Britaniya, ham Yevropa qonunçiligiga zid keladi. 

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining 2008 yilda tamaki çekişga qarşi konvensiyasining 11-moddasida neytral sigaret qutisining tatbiq qilinişi "çekişga qarşi tibbiy çoralarni samaraliroq qilişi mumkinligi" aytilgan. Körimsiz quti iste'molçilarning e'tiborini kamroq tortadi. Bunday qutiniing joriy qilinişi tamaki mahsulotlari işlab çiqaruvçilarining dizayn yordamida iste'moçilarni ba'zi mahsulotlar boşqalaridan xavfsizroq ekanligiga işonişga majbur qiluvçi hiylasining çippakka çiqişiga olib keladi. Bu çora haqiqatda ta'sirçandir, deb hisoblamoqda Rossiya soğliqni saqlaş vazirligidagi tamakiga qarşi kuraş böyiça muvofiqlaştiruvçi kengaş a'zosi Darya Xalturina.   

"Bir rangga, ehtimol körimsiz rangga böyalgan, qandaydir közga taşlanuvçi uslublardan xoli bölgan standartlaştirilgan quti deb nomlanuvçi qutilar Avstraliyada joriy qilingan va biz uning natijasini baholay olişimiz mumkin. Eng qiziği, Avstraliyada bu çora qöllangandan keyin birinçi navbatda qimmatbaho sigaretlar savdosi pasaygan, çunki iste'molçilar turli sigaretlarni bir-biridan ajrata olmaganlar. Umuman olganda, tamakiga reklama man qilingan vaqtda uning qutisi uni olğa surişning yöllaridan biri hisoblanadi, şuning uçun bunday qutilarni Rossiyada ham tatbiq qiliş kerak", deb aytdi mutaxassis.

Avstraliya statistikasiga köra, bunday çora haqiqatan ham natija bergan. Philip Morris International ma'lumotlariga köra, butun dunyoda 2012 yildan 2013 yilgaça sigaretlar savdosi 0,3 foizga köpaygan bir paytda, yaşil qit'ada 2010 yildan 2013 yilgaça çekuvçilar soni 15,1 foizdan 12,8 foizga kamaygan. Biroq bu çoraga qarşi çiquvçilarning ta'kidlaşiça, Avstraliyada çekuvçilar soni şundoq ham 1991 yildan beri barqaror ravişda kamayib kelmoqda.

"Ba'zi çekuvçilar uçun brend nomi yozilgan yorqin va çiroyli sigaret qutisi öz imijini yaratiş, öz tengqurlari orasiga kiriş elementi sifatida ahamiyatga ega. Bunday harakat, sigaretlarni namoyişkorona çekiş ösmirlarga xosdir. Ança tajribali çekuvçilar uçun esa sigaret qutilarining taşqi körinişi ularni iste'mol qilişda heç qanday ahamiyat kasb etmaydi", deb aytmoqda Rossiya guruhli va oilaviy psixologiya va psixoterapiya murabbiyi Mark Sandomirskiy.   

Şuni ta'kidlaş joizki, JSST boş qarorgohi joylaşgan Şveytsariyada Belgiyadagi kabi bunday taşabbus rad etilmoqda. Nima uçun? Ehtimol, buning sababi uşbu davlatlar Yevropaning eng çekuvçi davlatlaridan hisoblanişidadir. Bu davlatlarda aholining uçdan bir qismidan köpi çekadi.