Fitch xalqaro reyting agentligi Qozoğistonning xorij va milliy valyutadagi kredit reytingini pasaytirdi. Bu haqda reyting agentligining matbuot relizida xabar qilindi.
Xorij valyutasida reyting “BBB+” darajadan "BBB” darajaga tuşirildi, milliy valyuta reytingida esa “A-“dan "BBB” ga pasaytirildi. Ikkala reyting böyiça ham prognoz “barqaror”. Qozoğiston xorij valyutasida ta'minlanmagan obligatsiyalar böyiça qarz majburiyatlari reytingi ham “BBB”dan “BBB+”ga tuşirildi.
Agentlik reytingiga köra, 2016 yilda Qozoğiston içki yalpi mahsuloti 1 foizga pasayadi, bu esa sönggi beş yilda örtaça yillik ösişdan keskin darajada 4,6 foizga past.
Fitch aholi daromadining pasayganini qayd etdi: 2013 yilda içki yalpi mahsulot hajmi aholi jon boşiga 14,8 dollar bölgan bölsa, 2016 yilga kelib bu körsatkiç ikki barobardan ortiqqa – 7,1 ming dollargaça tuşib ketdi. Bu öz navbatida, iste'molçilarning mahsulotga bölgan talabi va aholi xarajat qobiliyati darajasiga salbiy ta'sir etadi.







