Yaponiyaning Mitsubishi Motors avtokotserni yoqilği sarfidagi mojaro sabab işlab çiqariş töxtatib qöyilgan kam litrli avtomobillar sabab Midzusima zavodi xodimlarining maoşlarini kamaytirişga tayyorlanişmoqda. Bu haqda Yaponiya mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bergan.

Zavod kotsernning kam litrli avtomobillar işlab çiqaruvçi asosiy böğinlaridan biri hisoblanadi. Konveyyerni kompaniya özining tört modeli haqida uzoq muddat yolğon ma'lumot berib kelgani uçun işlab çiqariş töxtatildi. Bu modellarga Mitsubishi eK-Wagon, Mitsubishi ek-Space, Nissan Motor bilan hamkorlikda işlangan DAYZ va DAYZ ROOX avtomobillari kiradi. Ma'lumotlarga köra, gap 625 ming avtomobil haqda boryapti.

2 may kuni e'lon qilingan ma'lumotlarga köra, Mitsubishi kompaniyasining aprel oyida sotilgan kam litrli avtomobillari sotuvi 44,9 foizga tuşib ketgan. 2015 yilda Midzusima zavodi 309 ming avtomobil sotuvga çiqargan edi.