"Formula-1"ning "Mersedes" jamoasi poygaçisi Niko Rosberg Soçida bölib ötgan Rossii Gran-prisi ğolibi böldi. 2-örinni uning jamoadoşi, amaldagi çempion Lyuis Xemilton, 3-örinni esa "Ferrari" a'zosi Kimi Raykkonen egalladi.

Rossiyalik Daniil Kvyat poyga boşida Sebastyan Fettel bilan töqnaşgani uçun jarima oldi va marraga 15- bölib keldi. Karlos Sayns marraga 11- bölib keldi, biroq jarimadan keyin 12-öringa tuşdi.

Rosberg şu ğalabasi evaziga mavsumdagi ilk 4 ta poygada 4 ta ğalabaga erişdi va ötgan yilning oxirida qölga kiritgan 3 ta ğalabasi bilan jami ketma-ket 7-ğalabasini qölga kiritdi.

Formula-1. Rossiya Gran-prisi. Poyga

1. Niko Rosberg ("Mersedes")
2. Lyuis Xemilton ("Mersedes") +25.022
3. Kimi Raykkonen ("Ferrari") +31.998
4. Valtteri Bottas ("Uilyams") +50.217
5. Felipe Massa ("Uilyams") +1:14.427
6. Fernando Alonso ("Maklaren") +1 davra
7. Kevin Magnussen ("Reno") +1 davra
8. Romen Grojan ("Xaas") +1 davra
9. Serxio Peres ("Fors Indiya") +1 davra
10. Jyenson Batton ("Maklaren") +1 davra
11. Karlos Sayns ("Toro Rosso") +1 davra
12. Daniel Rikkardo ("Red Bull") +1 davra
13. Jolion Palmer ("Reno") +1 davra
14. Markus Eriksson ("Zauber") +1 davra 
15. Daniil Kvyat ("Red Bull") +1 davra
16. Felipe Nasr ("Zauber") +1 davra
17. Esteban Guterres ("Xaas") +1 davra
18. Paskal Verlyayn ("Manor") +2 davra
19. Maks Ferstappen ("Toro Rosso") — marraga yetib kelmadi
20. Niko Xyulkenberg ("Fors Indiya") — marraga yetib kelmadi
21. Sebastyan Fettel ("Ferrari") — marraga yetib kelmadi
22. Rio Xarianto ("Manor") — marraga yetib kelmadi