1 mayda Nyu-Yorkning Manxetten tumanida Avliyo Savva nomidagi serb kafedral çerkovida kuçli yonğin çiqdi. Bu haqda şahar öt öçiriş boşqarmasi vakillari ma'lum qildilar.

Ma'lum qilinişiça, yonğin mahalliy vaqt bilan soat 18:50 da (Toşkent vaqti bilan 2 may 03:50 da) boşlangan. Yonğinga 5 ta murakkablik darajasidan 3-daraja berildi. Yonğinni öçirişga bir neça öt öçiriş brigadalari jalb qilingan. Jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan. Ta'kidlanişiça, yonğin sodir bölgan payt çerkovda heç kim bölmagan.

Çerkov binosi 1850-1855 yillar davomida qurilgan va şahar hukumati tomonidan muhofaza qilinuvçi tarixiy obektlar sirasiga kirgan.