AQŞ prezidenti Barak Obamaning katta qizi Maliya 2017 yilning kuzida AQŞning Kembrij şahrida (Massaçusets ştati) joylaşgan nufuzli Garvard universitetida öqişni boşlaydi. Bu haqda 1 mayda Oq uy bergan xabarda aytilmoqda.
"Prezident va birinçi xonim Mişel Obama bugun ularning qizi Maliya 2017 yil kuzida Garvard universitetida öqişni boşlaşini e'lon qildilar", deyilmoqda bayonotda.
17 yoşli Maliya bu yil maktabni tugatadi.
Avvalroq Obama prezidentlik muddati tugagandan keyin Vaşingtonda yana bir neça yil qolişini aytgandi. "Biz Vaşingtonda qizimiz Saşa maktabni tugata olişi uçun yana bir juft yil qolmoqçimiz. Öqiş örtasida köçib ötiş murakkab maşğulotdir", deb aytgandi Obama.










