Özbekistonda xizmat körsatgan artist Rayhon Ğaniyeva  1 may kuni tavallud topgan egizaklarining suratlarini instagramdagi sahifasida joylaştirib, ostiga rus tilida: 
—  Mening oltinlarim, jondan sevimli bolalarim! Tuğilgan kuningiz bilan tabriklayman. Sizlarni Alloh saqlasin. Uzoq  umr va baxtli hayot tilayman,— deya dil izhorlarini bitdi. 


Şuningdek, tuğilgan kun bayramini farzandlarining mitti tengdoşlari davrasida nişonlagan xonanda quvonçli daqiqalarga boy bölgan bir neça suratlarni instagram orqali bölişdi. 

Qolaversa, Rayhonning sobiq turmuş örtoği Yigitali Mamajonov ham bu quvonçli daqiqalarni unutgani yöq. U ham farzandlarining eski suratlarini instagramdagi sahifasiga joylaştirib, egizaklarni ğoyibdan tabrikladi va özbek tilida: 

- Tuğilgan kun muborak bölsin öğillarim, mening polvonlarim. Albatta, hozir bu tabriklarimizni tuşunişingizga vaqtli. Lekin inşaolloh, katta bölib, özingiz öqiysiz... ilohim, tan jonlaring soğ bölsin hamişa. Katta yigit bölib, ota-onam deydigan, iymonli, e'tiqodli, qalbi pokiza, ibratli, halol inson bölinglar. Alloh öz panohida asrasin sizlarni, — deya izoh qoldirdi.