Faoliyat boşlaganiga köp fursat bölmagan “Rayhon” milliy taomlar kafesi qisqa davrda ulkan marralarga erişib, poytaxtimiz aholisi va mehmonlarining eng sevimli taomlaniş markaziga aylanib ulgurdi. Mazkur taomgoh ilk bor Şayxontohur tumani, Asadulla Xöjayev köçasi, 2-uy manzilida oçilgan edi. Muvaffaqiyatli faoliyatdan söng, birin-ketin uşbu tumanning Laylitöğon, Zulfiyaxonim köçalarida va Olmazor tumanining Beruniy köçasida ham “Rayhon” filiallari oçildi va köplab insonlar doimiy iş bilan ta'minlandi.



“Rayhon” milliy taomlar kafesi ma'muriyati Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yillik bayramiga ham öziga xos sovğa hozirladi. Xörandalar talab va istaklariga binoan milliy taomlar kafesining navbatdagi filiali Olmazor tumani, Abdulla Nabiyev köçasida oçildi va köplab yangi iş örinlari yaratildi.



Endi şinam taomgoh qidirişga hojat yöq: Sizda oilangiz, döstlaringiz yoxud yaqinlaringiz bilan eng quvonçli, unutilmas kunlarni xuşxör taomlarga boy körkam dasturxon atrofida nişonlaş istagi bölsa, Olmazor tumanida faoliyat boşlagan “Rayhon” milliy taomlar kafesiga taşrif buyurişingiz mumkin.


Milliy rux, şarqona joziba ufurib turgan şinam joy, qöli şirin, malakali oşpazlar tomonidan tayyorlangan milliy va turk taomlari, şirinliklar, betakror çanqoqbosar içimliklar, oliy namunali xizmat – bularning barçasi “Rayhon” milliy taomlar kafesida mujassam! Qolaversa, joylarni avvaldan band etiş va ta'bga munosib taomlarni buyurtma qiliş imkoni ham mavjud.













