Toshkentdagi "Rayhon" restorani Meal&Drinks Choice 2016 mukofotini qo‘lga kiritdi
Toshkentdagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida 27 yanvar kuni ilk bor Myday jamoasi tomonidan tashkillashtirilgan Meal&Drinks Choice 2016 mukofotini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovning finaliga 14ta nominatsiya bo‘yicha eng yaxshilar nomi uchun kurashgan Toshkentdagi 23 ta maskan va 3 ta internet-resurs chiqdi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, "Rayhon" milliy taomlar maskani g‘oliblar qatoridan joy oldi. Aniq ma'lumotlarga ko‘ra, tanlovning “eng yaxshi milliy taomlar maskani” yo‘nalishida ushbu restoran jamoasi 3-o‘rinni band etdi va mukofot bilan taqdirlandi.
Shu o‘rinda "Rayhon" milliy taomlar rahbariyati o‘z mijozlariga cheksiz tashakkurini izhor etadi. Restoran ma'muriyatining ta'kidlashicha, ushbu mukofotga mijozlarning e'tibori va tashrifi tufayli erishilgan.
Shu o‘rinda “Rayhon” restorani o‘z mijozlariga deydi:
“Bu fonusning nuri sizni yaqinlaringiz bilan bilan bir dasturxon atrofida to‘planishingiz uchundir. Sizga tilagimiz uyingizdagi fonuslar nuri hech qachon so‘nmasin! “Rayhon” milliy taomlari sizga uyingizdagidek yorug‘ va shinam sharoit tashkil etadi. Yaqinlaringiz bilan jam bo‘ling!”.
“Rayhon” restoranining manzillari:
1) Shayxontohur tumani, Asadulla Xo‘jayev ko‘chasi, 2-uy. Mo‘ljal: Mediapark “Qoratosh”.
2) Shayxontohur tumani, Laylitug‘on ko‘chasi, 266a-uy. Mo‘ljal: JAR sport majmuasi.
3) Shayxontohur tumani, Zulfiyaxonim ko‘chasi, 244-uy. Mo‘ljal: “Abay” ko‘chasi, Qozog‘iston Respublikasining elchixonasi (yangi).
4) Olmazor tumani, Beruniy ko‘chasi, 92-uy. Mo‘ljal “Tinchlik” to‘yxonasi.
“Rayhon” – xushta'm milliy taomlar manzili.