Futbol böyiça Rossiya çempionatining quyi ligasi, Ğarb mintaqasida "Dolgoprudniy" jamoasiga qarşi keçgan bahsda feyr-pley namunasini namoyiş qildi. 30 aprel kuni 24-tur doirasida ötkazilgan öyinda mezbon jamoa futbolçilari adolat uçun raqibning gol urişiga qarşilik körsatişmagan.
Öyin 1:1 hisobida yakunlangan. Öyinning katta qismida mehmon jamoa "Dolgoprudniy" 1:0 hisobida oldinda borgan, öyin yakunida hisob tenglaşgan. Qöşib berilgan daqiqalarda esa "Ximki" futbolçisi ikkinçi golni urgan, lekin bu gol qoida buzilişi ortidan urilgani ma'lum bölgan.
"...Bu vaziyatda qoida buzilgan joydan uzoqroqda edim. Töp menga kelib tuşdi va hakam huştak çalmagani uçun men muxlislar hayqiriği ostida töp bilan raqib darvozasi tomon harakatlanib, darvozani işğol qildim", deydi gol muallifi Maksim Şirokov.
Lekin futbolçilari öşa vaziyatda qoida buzilişi orqali töp olib qöyilganiga iqror bölişgan hamda adolat örnatilişi uçun öz ixtiyorlari bilan raqibning javob golini urişiga şaroit yaratib berişgan. Şundan söng, qöşimça daqiqalar tugaşi arafasida "Dolgoprudniy" futbolçisi Nikolay Dergaçev qarşilikka uçramasdan hisobni tenglaştirgan - 2:2.






