Serbiya çempionatining Birinçi ligasi iştirokçilari «Metalats» va «Baçka» klublari örtasida tartibsizlik yuzaga keldi.

5-tur doirasida keçgan öyinning birinçi bölimida mezbonlar hujumçisi Nikola Groboviç sportga xos harakatlari bilan hisobni oçdi.

Bölim oxirida «Baçki» futbolçilaridan biri jarohat olib, gazonga yiqildi, ammo «Metalats» futbolçilari töpni maydon taşqarisiga çiqarib yuborişmadi va töp maydonning ikkinçi qismiga yetkazildi. Raqib himoyaçilari qarşiligisiz töpga ega çiqqan Groboviç darvozabon bilan yakkama-yakka çiqib borib, darvozani işğol qildi. Şundan keyin «Baçki» futbolçilari ğazabga minişdi va butun tarkib bölib Groboviçni quvlay ketişdi. Groboviç esa qoçib qutulişga muvaffaq böldi, ammo ta'qibçilardan biri uning yuziga zarba berişga ulgurdi. Bu hodisadan keyin maydonda ikki jamoa futbolçilari iştirokida ommaviy töqnaşuv kelib çiqdi, yakunda öyin boş hakami «Metalats»ning bir, «Baçki»ning ikki futbolçisini maydondan çetlatdi.

Ikkinçi bölimda maydon egalari ikkinçi golni urişdi va ğalabani mustahkamlaşdi.