ÖFA birinçi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun, 30 aprel kuni Milliy olimpiya qömitasi majlislar zalida yiğiliş ötkazdi. ÖFA xabariga köra, majlis futbolni yanada rivojlantiriş va Superliga öyinlarining şaffof ötişini ta'minlaş maqsadida taşkil qilingan. Unda ÖFA va PFL mutasaddilari, Superliga klublarining boş murabbiylari va hakamlar iştirok etişgan.

Yiğilişda Umid Ahmadjonov özbek futbolida yuzaga kelayotgan kamçiliklar, oqsalişlar va kelişilgan öyinlar xususida töxtalib ötgan.

«Futbolimizni imkon qadar tezroq Yevropa darajasiga olib çiqişimiz kerak. Buning uçun barçamiz birdam bölib işlaşimiz talab etiladi. Kelişilgan öyinlarga aralaşgan şaxslarni oğir jazo kutib turibdi. Futbol faqat muxlislar uçun.

Hozir öyinlarni 18ta telekamera tasvirga olişi va VAR tizimini qöllaş böyiça yangi loyiha ustida işlayapmiz. Muxlislarga şaffof öyin namoyiş qilişni ta'minlaşimiz lozim. Öyin vaqtini çözadigan futbolçilar jiddiy jazolansin. Ularga sariq va qizil kartoçkalarni ayamasdan körsatinglar. Kerak bölsa, jamoaga texnik mağlubiyat yozilsin. Ertaga boşlanadigan yangi turdan mana şu tizimni tatbiq qilaylik», – degan Umid Ahmadjonov.

Yiğiliş davomida Umid Ahmadjonov futbolni yanada rivojlantiriş borasida tegişli körsatma va çora-tadbirlar, qilinişi kerak bölgan işlar yuzasidan mas'ul mutasaddilarga qöşimça körsatmalar bergan. Şuningdek, PFL rahbarlari muxlislar uçun stadionlarda qulay şart-şaroitlar yaratiş, barça stadionlarda oilaviy sektorlar taşkil etiş, öyin vaqtini belgilaş vaqtida köpgina mezonlarni hisobga oliş borasida kerakli topşiriqlarni qabul qilib olişgan.

Hakamlar nomidan sözga çiqqan Ravşan Ermatov öyinlar davomida futbolçi va murabbiylarni feyr-pleyga amal qilişga, sof öyin vaqtini oşirişga çaqirgan. Köplab vaziyatlarda futbolçilar vaqt çöziş uçun yotib olişlari xunuk holat ekanligi, bunday holatlar futbol jozibasini tuşirişini ta'kidlab ötgan FIFA referisi, jumladan, şunday degan:

«Dinamo» - «Navbahor» uçraşuvi haqida haligaça ijobiy fikrlar bildirilmoqda. Öyin şiddatli va kuraşlarga boy tarzda, muxlislarga yoqadigan körinişda ötdi. Buning uçun har ikki jamoa boş murabbiylariga minnatdorçilik bildirib ötmoqçiman. Ular öyin boşida futbolçilar maydonga yiqilib, yotib olişgan vaziyatlarda hakamlarga emas, öz futbolçilariga e'tiroz bildirişdi. Turib öyinni davom ettiriş kerakligini ta'kidlaşdi. Natijada, keyin hamma çiroyli va şiddatli öyin guvohiga aylandi. Barça murabbiylardan mana şunday yöl tutişni, futbolçilar bilan tuşuntiriş işlari olib borişni sörab qolardik».