«Lids Yunayted» boş murabbiyi Marselo Belsa Çempionşipning 45-turida «Aston Villa»ga qarşi öyinda (1:1) şogirdlaridan halol öynaşni talab qilgani bilan boğliq holatga izoh berdi.
«Biz şunçaki raqibga javob golini urişga imkon berdik. Hammasini özingiz kördingiz. Ingliz futboli özining sportça xarakteri va halolligi bilan tanilgan. Şunday ekan, uşbu vaziyatga qandaydir izoh berib ötirişim şart emas. Bunday holatlar Angliyada tez-tez bölib turadi», – degan Belsaning sözlarini keltirmoqda Sky Spors.
Eslatib ötamiz, ikkinçi bölimda «Lids» futbolçilari bahsli vaziyatda hisobni oçişgandi: maydon markazida «Aston Villa» futbolçisi jarohat olib maydonga yiqilgaç, mehmonlar töp maydondan çiqarib yuborilişini kutib qolişdi va feyr-pleyga amal qilmagan raqib hujumini töxtatişga keçikişdi. Bu hujum esa Mateuş Klixning goli bilan yakunlandi.
The most controversial goal of the season, bar NONE! 😲
— Soccer AM (@SoccerAM) April 28, 2019
Leeds United score whilst Aston Villa's Jonathan Kodjia is down injured 🤕
A mass brawl kicks off! 👊
Anwar El Ghazi gets sent off 🔴 pic.twitter.com/BHbLhr2uGb
Bu vaqtda öyinning 72-daqiqasi ötib borayotgandi. Mehmonlar bu holatdan keyin keskin norozilik bildirişdi va Klixga taşlanişdi. Bu tartibsizlik yakunida öyin boş hakami «Aston Villa» hujumçisi Anvar Al-Ğoziyga qizil kartoçka körsatdi.
Bu epizoddan keyin «Lids» boş murabbiyi Marselo Belsa öz futbolçilariga darvozani raqibga oçib qöyiş va ular emin-erkin hisobni tenglaştiriş imkonini berişni buyurdi.
Töp maydon markazidan öyinga kiritilgaç, mezbonlar turgan joyidan qimirlamadi, faqat himoyaçi Yanssen murabbiy qaroriga böysunişni istamadi va oxirgi soniyalargaça jamoasi darvozasi işğol etilişiga qarşilik körsatdi. Ammo Adoma hisobni tenglaştirişni uddasidan çiqdi.
Qayd etiş kerakki, bu öyindagi ğalaba «Lids» uçun öta zarur edi va 3 oçko qölga kiritilgan taqdirda jamoa oxirgi tur oldidan 85 oçko töplagan holda ikkinçi örindagi «Şeffild Yunayted» (88 oçko) bilan APLga töğridan-töğri yöllanma uçun raqobatni saqlab qolardi. Ammo Belsa APL yöllanmasidan halol öyinni ustun kördi.









