Xalqaro astma kuni bronxial astma böyiça Global taşabbus (Global Initiative for Asthma, GINA) doirasida har yili may oyining birinçi seşanbasida ötkaziladi.
2016 yilda astma kuni bugun - 3 may kuni “Siz astmani nazorat qila olasiz” (You Can Control Your Asthma) şiori ostida bölib ötmoqda.
Xalqaro astma kuni bronxial astma muammosiga jamoatçilik e'tiborini jalb etiş, odamlarni xastalik, uning taşxisi va davolaş töğrisida xabardorlik darajasini oşiriş maqsadida taşkil etilgan.
1998 yili Barselonada astma muammolari böyiça Birinçi uçraşuv doirasida birinçi Xalqaro astma kuni ötkazildi. Uşbu kunni ötkaziş taşabbusi 35ta mamlakat tomonidan qöllab-quvvatlangan.
Bronxial astma soğliqni muhofazalaş tizimining global muammosi hisoblanadi. Bu nafas yöllarining surunkali kasalligi. Jahon soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumoti böyiça, bu xastalikdan butun dunyo böylab 235 million odam aziyat çekadi.
Özbekistonda aholining 5 foizga yaqin qismida bronxial astma bor.
Astma – bolalar örtasida eng köp tarqalgan surunkali xastalik hisoblanadi.







