18:09 / 03.05.2016
5139

«Lester» xo‘jayini jamoa yetakchilarini sotmoqchi emasligini bildirdi

«Lester» jamoasi xo‘jayinlaridan biri Ayavatt Srivadxanaprabxa mavsumlar oralig‘ida jamoa yetakchilarini sotmoqchi emasligini bildirib o‘tdi.

«Har bir futbolchimiz jamoada qolishni istamoqda. Ular kurashni davom ettirmoqchi va qanchalik uzoq muddat bu kabi natijalarni qayd etishga qodir ekanliklarini bilib olishmoqchi.

Shunday ekan, futbolchilarni sotib yuborish bizning rejalarimizga kirmagan. Chempionlik tituli – bizning orzularimiz chegarasi emas», – deydi Srivadxanaprabxa.

Mavzuga oid
Top