Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ruslan Kravçenkoni mamlakat boş prokurori lavozimidan çetlatdi. Bu davlat rahbarining 2026-yil 14-sentabrdagi farmonidan maʼlum böldi.
Uşbu qaror «Harbiy holatning huquqiy rejimi töğrisida»gi Ukraina Qonunining 11-moddasi ikkinçi qismiga muvofiq qabul qilindi. Unga köra, davlat rahbari harbiy holat davrida tayinlaş va lavozimdan ozod etiş öz vakolatiga kiradigan mansabdor şaxsni egallab turgan lavozimidan çetlatiş hamda tegişli davr uçun uning vazifalarini bajarişni boşqa şaxsga yuklaş töğrisida qaror qabul qilişi mumkin.
«Karfagen» işi
Avvalroq Ukraina Milliy antikorrupsiya byurosi boş prokuror ofisi mansabdor şaxsi boşçiligidagi jinoiy guruhni foş etiş böyiça maxsus amaliyot ötkazgan edi. Taʼkidlanişiça, uşbu guruh firibgarlik bilan şuğullanuvçi koll-markazlar tarmoğini himoyalaş va mulkni legallaştirişga aloqador bölişi mumkin. Bu iş «Karfagen» nomini olgan.
14-sentabr kuni Kravçenko Parijga (Fransiya) beş kunlik xizmat safarini mustaqil ravişda rasmiylaştirgani maʼlum böldi. U yerda Yevropa Kengaşi Parlament Assambleyasi yiğilişida iştirok etişi kerak edi.
Bundan avval Kravçenko Ukraina Milliy antikorrupsiya byurosi rahbariga hamda Ixtisoslaştirilgan aksilkorrupsiya prokuraturasi (SAP) rahbariga yaqin şaxsga nisbatan şubha bildirilgani haqidagi hujjatni imzolaganini maʼlum qilgandi.

















