AQŞning parvoz va koinot tadqiqotlari milliy agentligi (NASA) Curiosity roboti kameralari tomonidan olingan Marsning ajoyib aylanma manzarasini taqdim qildi.

Ma'lum qilinişiça, marsoxod  bu suratni Eolid toği hududidagi Naukluft yassi toğligiga çiqqanda olgan. Marsoxod bunda ba'zi xatarlarga duç keldi, çunki u ötkir harsang toşlar ustidan ötişiga töğri keldi, bu esa uning alyuminiy ğildiraklariga şikast yetkazişi mumkin edi.

Darvoqe, Curiosity ğildiraklarida şikastlar borligi 2013 yildayoq sezila boşlagan. Şuning uçun NASA mutaxassislari robotning faol qöllanişi muddatini iloji boriça uzaytiriş uçun istalgan yönalişni puxta rejalaştirişlariga töğri keladi.