Amerika hukumati Rossiya fuqarosi Igor Zyazinning hayotdan köz yumgani töğrisidagi xabarni 3 may kuni tasdiqlagan. U şu yilning aprel oyida Meksikadan AQŞga qonuniy asosda ötmoqçi bölganida qölga olingan edi. Bu haqda TASS agentligiga Amerikaning San-Diyego immigratsiya va bojxona xizmati vakili Louren Mak ma'lum qilgan.

Mazkur noxuşlik xususida e'lon qilingan rasmiy bayonotda quyidagilar haqida söz yuritilgan: "Zyazin 24 aprel kuni San-Isidro nazorat-ötkaziş nuqtasidan AQŞga kirmoqçi bölganida immigratsiya va bojxona xizmati ixtiyoriga topşirilgan va hibsda saqlangan. Zyazin çegara va bojxona nazorati xodimlariga Rossiya pasportini körsatganidan söng, u 2009 yilda mamlakatdan çiqarib yuborilgani aniqlangan". Uning AQŞga qonuniy asosda yoki noqonuniy kirişga uringani xabar qilinmayapti. 

Louren Makning izoh berişiça, "Amerikaga noqonuniy kirib kelmoqçi bölganlar avtomobillarga yaşirinişlari mumkin, turli aylanma yöllardan foydalanişlari köp uçraydi". 46 yoşli Zyazin bilan bölgan voqea umuman boşqaçadir, deb tuşuntirgan Mak xonim. "U mamlakatga qonuniy asosda kirişga uringan, u çegara xodimlariga öz maqsadini aniq bildirgan va yaşirinça kirişga urinmagan". 

Bayonotda 2009 yilda Zyazin qaysi mamlakatga deportatsiya qilinganiga oydinlik kiritilmagan. Bu borada Louren Makning tuşuntirişiça, Amerika tomoni Rossiya fuqarosini Meksikaga deportatsiya qilmaganligi aniq. Bu qoidaga ham ziddir. Ammo uning Meksikaga çiqarib yuborilgani ajablanarlidir".

Xabarlarga qaraganda, Zyazin hibsda saqlangan vaqtda "fuqarolik va immigratsiya masalalari xizmati vakili bilan uçraşuvni kutgan". Bundan taşqari, "ma'lumotlar bazasi tekşirilganda Rossiya fuqarosi AQŞda sudlamagani aniqlangan".

Zyazin yakşanba 1 may kuni San-Diyegodagi hibsxonada hayotdan köz yumgan. Muassasa va favqulodda xizmatlar vakillari tez yordam körsatişlariga qaramay, uning jonini saqlab qola olişmagan. Endilikda Zyazinning ölimiga nima sabab bölganiga patalogoanatomlar tekşiruvidan söng aniqlik kiritiladi.